Rossiyaning xavfsizlik strategiyasi o'zgaradi

Putin Milliy Xavfsizlik Strategiyasini o'zgartirmoqda.

416622
Rossiyaning xavfsizlik strategiyasi o'zgaradi

Rossiya Xavfsizlik Kengashi, Prezident Vladimir Putinning aytganicha Milliy Xavfsizlik strategiyasiga o'zgarish kiritadi.

Xavfsizlik Kengashining matbuot bo'limidan berilgan bayonotga ko'ra, kecha o'tkazilgan Strategik Rejalash Tashkilotlararo Komissiya yig'ilishida 2020- yiligacha taluqli bo'lgan Xavfsizlik Kengashning yangi strategiyasini muhokama qildi.

Bayonotda, "Kiritilgan o'zgarishda, o'lkadagi manbalardan unumli foydalanish va tashqi dunyo bilan yaqin aloqalarni nazarda tutmoqda" deb bildirildi.

Ushbu yangi o'zgarish bilan "Rossiyaning milliy manfaatlariga qaratilgan tahditlarga qarshi va milliy imtiyozlardan foydalanish uchun, davlat organlari va nodavlat tashkilotlarning har tomonlama ijobiy muhit yaratishga g'ayrat etishi rejalanmoqda" deb bildirildi.

Rossiya Prezidenti Putin, Iyul oyi bergan bayontida, tashqi siyosat va strategik rejalash hujjatlarini yangilab milliy xavfsizlik strategiyasiga o'zgarish kiritish kerakligini ifoda etgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar