Madridda, muhojirlar muammosi muhokama qilindi

Germaniya Bosh vaziri Merkel, muhojir muammosi bo’yicha Turkiya va Livan kabi davlatlarning yelkasidagi yukni baham ko’rilishi kerakligini aytdi.

397782
Madridda, muhojirlar muammosi muhokama qilindi

Yevropada Xristian demokrat an’anasidan kelgan va o’ng ko’z qarashdagi partiyalardan tuzilgan Yevropa Xalq partiyasining, Ispaniya poytaxti Madridda o’tkazilgan kongressida, muhojirlar muammosi, muhokama qilinishi kerak bo’lgan eng muhim mavzulardan biri edi.

Dunyoning 14 davlatining Bosh vaziri va Yevropadagi o’ng ko’z qarashdagi partiyalar nomidan 750 delegatsiya ishtirok etgan kongressda chiqish qilgan Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel, muhojirlar muammosiga qarshi boshqa tomonlardan ehtiyot choralari ko’rilishi kerakligini aytdi.

Merkel, “Muhojirlar muammosini Turkiya bilan muhokama qilishimiz kerak” der ekan, Mojariston Bosh vaziri Victor Orban ham “Turkiya strategik va muhim bir davlatdir. Chegara darvozalarimizning xavfsizligi uchun chora ko’rishimiz kerak. Muhojirlar muammosi nazoratdan chiqgan qurolsiz jarayonga kirdi va bu muammo, Yevropa davlatlarini va hukumatlarini izdan chiqarishi mumkin” dedi.

Kongressga mezbonlik qilgan Ispaniya Bosh vaziri Mariano Rajoy ham;

-“Boshpana izlash haqqi Yevropaning eng muhim qadriyatlaridan biridir va Yevropaga kelgan har bir muhojirga bu haq berilishi kerak. Faqat kelgusi 10 yil ichidagi Yevropada yuz beradigan eng yirik muhojirlar muammosi faqatgina 3-davlatlar bilan bo’lgan birdamlik orqaligina hal qilina oladi” deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar