Yamanning Taiz shahrida, raketa hujumi uyushtirildi

Taiz shahri, poytaxt Sanaa shahri bilan Aden o’rtasida joylashgan va strategik ahamiyatga ega bo’lgan bir Yaman shahridir.

396097
Yamanning Taiz shahrida, raketa hujumi uyushtirildi

Yamanda, davlat boshqaruvini o’z hokimiyati ostiga olgan xusiylarning Taiz shahrida, aholi turar-joy mintaqasiga qaratilgan raketa hujumi uyushtirildi. Oqibatida 18 kishi halok bo’lar ekan, 80 kishi esa tan jarohati oldi.

Poytaxt Sanaa shahri bilan Aden o’rtasida joylashgan va strategik ahamiyatga ega bo’lgan Taiz shahri, qariyb 6 oydan beri, xusiylar bilan hukumat kuchlari o’rtasidagi shiddatli to’qnashuvga duchor bo’layotgan edi.

Taiz shahrining yirik qismining nazoratini bir necha oy avval Prezident Abdurabbi Mansur Hodiyga qarashli Ommaviy qarshilik kuchlari qo’lga kiritar ekan, shaharning kiraverishi xusiylarning nazorati ostidadir.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar