Xitoy Angliyaning yangi atom stansiyasini barpo etadi

Xitoy hukumatiga tegishli "China General Nuclear Power Group" nomli atom energiya shirkati "Hinkley Point" atom stansiyasida 33.5% hissaga ega bo’ladi.

357218
Xitoy Angliyaning yangi atom stansiyasini barpo etadi

Xitoy Angliyaning yangi atom stansiyasini barpo etadi.
Ikki davlat o’rtasida Angliyaning Hinkley Point hududida qurilishi rejalangan yangi atom stansiyaga Xitoy tomonidan investitsiya kiritilishiga doir shartnoma imzolandi.
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat rahbari Shi Jinping Angliyaga tashrifi chog’ida, Angliya Bosh vaziri David Cameron bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan so’ng, Angliya janubida joylashgan Somerset hududining Hinkley burnida barpo etilishi rejalangan atom stansiya loyihasiga doir strategik investitsiya shartnomasi imzolandi.
Mushtarak matbuot anjumanida so’zga chiqqan Cameron, “Bugun xavfsiz ravishda 6 million xonadonga elektr va 25 mingdan ziyod fuqaroga ish imkoni ta’minlaydigan atom stansiyaning qurilishi uchun imzolangan shartnomani e’lon qilishdan baxtiyorman”-dedi.
Xitoy Davlat rahbari Shi Jinping har ikki davlat strategik hamkorligini rivojlantirish bo’yicha bir qator faoliyatlarni amalga oshirganini, atom stansiya loyihasi ham ushbu hamkorlik doirasiga kiritilishini bildirdi.
Xitoy hukumatiga tegishli "China General Nuclear Power Group" nomli atom energiya shirkati "Hinkley Point" atom stansiyasida 33.5% hissaga ega bo’ladi.
China General Nuclear Power Group shirkati atom stansiya loyihasiga tahminan 6 milliard sterlin miqdorida investitsiya kiritadi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar