Yevropa Ittifoqi Turkiya fuqarolariga vizani bekor qilmoqchi...

Yevropa Ittifoqi Turkiya davlati Suriyadan kelgan qochqinlar masalasi bo’yicha o’z yukini yengillatgan taqdirda, turk fuqarolariga vizani bekor qilishini taklif qildi.

393154
Yevropa Ittifoqi Turkiya fuqarolariga vizani bekor qilmoqchi...

Yevropa Ittifoqi Turkiya davlati Suriyadan kelgan qochqinlar masalasi bo’yicha o’z yukini yengillatgan taqdirda, turk fuqarolariga vizani bekor qilishini taklif qildi.
Yevropa Ittifoqi yetakchilari Brusselda o’tkazgan yig’ilishda, Turkiya bilan qochqinlar masalasini hal qilish bo’yicha hamkorlikni nazarda tutgan reja ustida kelishib oldi.
Mazkur reja, qochqinlar masalasi bo’yicha yo’lga qo’yilgan hamkorlik asosida Turkiya davlati Yevropa Ittifoqidan moddiy yordam olishini, turk fuqarolari uchun viza qulayligi yaratilishini va a’zolik muzokaralarida yangi moddalarning muhokama qilinishini nazarda tutmoqda.
Yevropa Ittifoqi komissiyasi rahbari Juncker Turkiya bilan fuqarolarini vizadan ozod qilishni tezlashtirish bo’yicha kelishib olganini ilgari surib, 2016 yilning bahor oylarida bu masala bilan shug’ullanishini bildirdi.
Vizalarning bekor qilinishi bilan qochqinlar masalasi o’rtasida aniq fikrga kelinganini bildirgan Yevropa Ittifoqi komissiyasi rahbari, “Bu mavzuda aniq fikrlashni istayman. Turk hamkorlarimiz bilan viza qulayligini tezlashtirish bo’yicha kelishib oldik. Lekin, bu asosiy shartlardan uzoqlashish degani emas. Turkiya uchun boshqa shartlar keltirilmaydi. 2016 yilning bahor oylarida bu masalaga aniqlik kiritamiz”-dedi.
Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel ham Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik muzokaralarida ba’zi yangi moddalarning muhokamasini yuritish bo’yicha kelishib olinganini bildirdi.
Endi esa, Turkiyaning ushbu takliflarga qanday javob berishi maroq bilan kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar