Yevropa Ittifoqi yetakchilari Suriya masalasini muhokama qildi

Lyuksemburgda to’plangan Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Rossiyaning harbiy operatsiyalari vaziyatni yanada salbiy tus oldirganini, tinchliksevar faoliyatlarga zarba berganini tilga oldi.

391593
Yevropa Ittifoqi yetakchilari Suriya masalasini muhokama qildi

Yevropa Ittifoqi tomonidan Suriyadagi tinchlik say-harakatlarini xavf ostiga qo’yganlikda ayblangan Rossiya, Suriyalik muholiflarga qarshi havo operatsiyalarini to’xtatishga chaqirildi.
Lyuksemburgda to’plangan Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Suriya masalasini muhokama qildi.
28 a’zo davlatning tashqi ishlar vazirlari Rossiyaning harbiy operatsiyalari vaziyatni yanada salbiy tus oldirganini, tinchliksevar faoliyatlarga zarba berganini tilga oldi.
Yig’ilishda Suriya Davlat rahbari Beshar Asadning bu jarayonda qanday ro’l o’ynashi esa, noma’lumligicha qoldi.
Fransiya Beshar Asadning o’z vazifasidan iste’fo etishi zarurligini aytmoqda, Ispaniya esa, g’arb davlatlar Beshar Asad bilan muzokara o’tkazishi kerakligini takrorlamoqda.
Angliya Beshar Asadning Suriya Davlat rahbari sifatida davom etishiga yo’l qo’yilmasligini, lekin qachon va qanday chetlatilishini muhokama qilish kerakligini tilga olmoqda.
Yevropa Ittifoqi Tashqi aloqalar oliy maslahatchisi Federica Mogherini DAISh terror tashkilotining harakati va Rossiyaning harbiy operatsiyalari sababli Suriya shimolida xavfsiz hudud tashkil qilish amri mahol ekanini aytib o’tdi.
Shuningdek, suriyalik qochqinlarning o’z vataniga qaytishi uchun mamlakatda urushni to’xtatish va DAISh terror tashkilotini bartaraf etish zarurligini ma’lum qildi.
Yevropa Ittifoqi yetakchilari payshanba kuni Belgiyaning poytaxti Brusselda Suriya masalasi bo’yicha takror to’planadi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar