Vladimir Putin:"Turkiya Rossiyaning eng katta hamkori"

Ohirgi paytlarda Rossiya bilan Turkiya o'rtasida salbiy tus olgan munosabatlarni yumshatish ikki davlat rasmiylarining mas'uliyatida...

391955
Vladimir Putin:"Turkiya Rossiyaning eng katta hamkori"

Rossiyaning poytaxti Moskvada investitsiya forumi bo’lib o’tdi.
Forumda so’zga chiqqan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Rossiyaning eng katta hamkorlaridan biri ekanini aytib o’tdi.
Terrorizmga qarshi kurash bo’yicha Turkiya bilan hamkorlik imkoniyatlarini o’ylab topish zarurligini tilga olgan Putin, “Turkiya bilan qanday aloqa o’rnatishimizni bilishimiz zarur. Hozirda Turkiya bilan Mudofaa vazirliklari o’rtasida hamkorligimiz bor. Umid qilamanki, bu hamkorlik koordinatsiya darajasiga ko’tariladi”-dedi.
Turkiya bilan Rossiya o’rtasida azaldan yaxshi munosabatlar yo’lga qo’yilganini bildirgan Putin, “Turkiya Rossiyaning asosiy hamkorlaridan biri va yaxshi do’st o’lka hisoblanadi. Munosabatlarimiz yillar mobaynida yaxshi bo’lib kelgan. Turk firmalari Rossiyada 12 milliard rubl qiymatida ish olib bordi. Turkiyadan milliy bozorimizga kelgan qishloq-xo’jalik mahsulotlari eksportida ortish kuzatildi. Biz ham Turkiyaga katta miqdorda energiya eksport qilyabmiz”-dedi.
Ohirgi paytlarda rus jangovar samolyotlarining turk havo maydoni qoidalarini bir necha bor buzgan holda, Turk F-16 jangovar samolyotlariga halaqit bergani ikki davlat aloqalariga salbiy ta’sir ko’rsatgan edi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ankarada shanba kuni sodir bo’lgan portlashdan so’ng, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anga qo’ng’iroq qilib, taziya bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar