Suriyadagi Rossiya elchixonasiga hujum qilindi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya elchixonasiga nisbatan sodir qilingan hujumni terror hujumi deb baholadi.

391886
Suriyadagi Rossiya elchixonasiga hujum qilindi

Kuni kecha Suriyaning poytaxti Damashq shahrida joylashgan Rossiya elchixonasiga hujum qilindi.
Hujum oqibatida hech kimga ziyon yetmagani aytilmoqda.
Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyalarini qo’llab quvvatlagan bir guruh bino oldida namoyish o’tkazayotgan paytda ushbu voqea ro’y bergani aytilmoqda.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya elchixonasiga nisbatan sodir qilingan hujumni terror hujumi deb baholadi.
Lavrovning fikricha, Rossiya elchixonasiga hujum qilish bilan DAISh terror tashkilotiga qarshi jang qilgan Rossiyani qo’rqitish maqsad qilingan.
Suriya inson huquqlari manbalari elchixonaga otilgan havo to’pi Damashqning muholiflar nazoratida bo’lgan sharqiy hududidan otilganini ma’lum qildi.
Bundan oldin ham turli hujumlarga duch kelgan Damashqdagi Rossiya elchixonasiga ohirgi marta 20 sentyabr kuni havo to’pi otilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar