Anqaradagi bombali hujumni dunyo qoraladi...

Yevropa Kengashi Bosh kotibi Thorbjorn Jagland, Anqaradagi qonli hujumni qoraladi.

391055
 Anqaradagi bombali hujumni dunyo qoraladi...

Yevropa Kengashi Bosh kotibi Thorbjorn Jagland, Anqaradagi qonli hujumni qoraladi.
Jagland, mavzu bilan tegishli yozma bayonotida.
“Anqaradan bugun ertalab kelgan xabar juda ham moyus qiluvchi. Bu tinchlik sevor namoyishlarga qarshi vahshiyona bir hujumdir” dedi.
Voqeada qarindoshlarini boy berganlarga o’z ta’ziyasini taqdim etgan Jagland, yig’ilish va ifoda erkinligi, demokratiyaning asosiy ustunlari deb bildirdi.
Voqea AQSh Anqara elchiligi tomonidan ham qoralandi.
Qilingan izohda,
-“ Anqaradagi hujumni qoralaymiz. Barchamiz birgalikda terrorga qarshi turishimiz kerak” deb bildirdi.
Rossiya prezident Vladimir Putin ham, Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’anga qo’ng’iroq qilib o’z ta’ziyalarini yetkazdi.
Ozarbayjon Prezidenti ilhom Aliyev esa Prezident Erdog’anga o’z ta’ziyalarini bildirdi.
Xoriji xabar agentliklari xabarni shoshilinch xabar deb yetkazdi.
Voqeani agentliklar, terror hujumi deb berdi.
Al Jezire televideniyesi xabarni jonli ravishda yetkazdi.
BBC normol dasturini to’xtatib voqea joyidan jonli ravishda yetkazdi.
Ingliz The Guardian gazetasi internet sayti hujumga keng o’rin berdi.
İndependent gazetasi esa “ poyezd vokzalida juft portlash deb chop etdi.
CNN International Turkiya poytaxtini poyezd vokzalidagi portlash tibratdi.
Nemis matbuotida voqeaga keng o’rin berildi.
Ozarbayjon prezidenti internet saytidan tarqatgan bayonotida Ozarbayjon xalqi juda ham moyus va Turk xalqiga o’z ta’ziyasini bildirdi.
Pokiston tashqi ishlar vazirligi tarqatga bayonotida voqeani shiddat bilan qoraladi, turk xalqiga o’z ta’ziyalarini bildirdi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar