Rossiya va Isroil munosabatlari...

Isroil va Rossiya rasmiylari Suriya zaminida ikki davlat kuchlari o’rtasida yuz berishi mumkin bo’lgan ehtimoliy hodisalarni oldini olish yo’llarini izlamoqchi.

388494
Rossiya va Isroil munosabatlari...


Isroil Davlat radiosida berilgan xabarga ko’ra, Isroilda bugun boshlanadigan muzokaralar ikki kun davom etadi.
Muzokarada Rossiya delegatsiyasiga Harbiy Bosh shtab rahbar o’rinbosari Nikolay Bogdanovskiy, Isroil delegatsiyasiga esa, Harbiy Bosh shtab rahbar o’rinbosari Yair Golan boshchilik qiladi.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu davlatining Rossiya bilan aloqalari yaxshi ekanini ma’lum qilgan edi.
Netanyahu Amerika televizion kanali CNNga bergan reportajida, Isroilning Rossiya bilan ehtimoliy noxush hodisalarni oldini olish istagini tilga olgan edi.
Qolaversa, Amerika va NATOning aksiga Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyalarini tanqid qilmagan edi va Isroil bilan Rossiyaning aloqalari yaxshi ekanini ma’lum qilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar