Rossiya Suriyada havo operatsiyalarini boshladi

Andrey Kartapolovning aytishicha, Rossiya jangovar samolyotlari Suriyada 60 dan ziyod havo operatsiyasi o’tkazib, terror tashkiloti DAIShga tegishli 50 nishonni portlatgan.

387277
Rossiya Suriyada havo operatsiyalarini boshladi

Rossiya Suriyada havo operatsiyalarini boshladi.
Idlib shahri yaqinlarida muholiflar nazoratida bo’lgan Ihsim hududiga Rossiyaga tegishli ikki jangovar samolyot havodan hujum qilgan.
Hujum oqibatida 3 nafar mudofaa xodimi bilan hududda yashovchi 6 kishi hayotdan ko’z yumgan.
Hududda katta talofat yuzaga kelgan.
Guvohlarning ifodasiga ko’ra, bundan oldingi hujumda vayron bo’lgan binolar tagida qidiruv ishlari ketayotgan paytda takror havodan hujum qilingan.
Qolaversa, Rossiya Bosh shtab rahbariyati qoshidagi harbiy operatsiyalar boshqarmasi rahbari Andrey Kartapolovning aytishicha, Rossiya jangovar samolyotlari Suriyada 60 dan ziyod havo operatsiyasini o’tkazib, terror tashkiloti DAIShga tegishli 50 nishonni portlatgan.
Kartapolov, “Havo operatsiyalarini davom ettiribgina qolmasdan, ayni paytda kuchini ham oshiramiz”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar