AQSh Prezidenti Obama Afg'onistonga hamdardlik bildirdi

Afg'onistonning shimolidagi Qunduz shahrida AQSh jangovar samolyotlari harbiy amaliyot uyushtirgan va hujumda ko'plab tinch aholi nobud bo'lgan.

387499
AQSh Prezidenti Obama Afg'onistonga hamdardlik bildirdi

AQSh Prezidenti Barack Obama, Afg'onistoning shimolida joylashgan Qunduz shahrida faoliyat ko'rsatayotgan kasalxonaga uyushtirilgan harbiy havo amaliyotida vafot etganlarning oilalariga taziya bildirdi.
Prezident Obamanin taziya maktubida, AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan ushbu harbiy havo amaliyoti ustidan tergov boshlatilganligi, tergov yakunlanguniga qadar ushbu fojia xaqida bir narsa deyish qiyin ekanini ma’lum qilgan.
O'z rafiqasi Michelle bilan birga fojiada vafot etgan qurbonlarga duo qilayotganligini bildirgan Prezident Obama, Afg'onistonning xavfsizligi uchun xalqaro kuchlar bilan birgalikda, shuningdek Afg'oniston Prezidenti Eshref Gani va Afg'oniston hukumati bilan birgalikda ish olib borishini ta'kidlab o'tdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson xuquqi oliy komissari esa, kasalxonaga havo amaliyoti uyushtirish bu kechirib bo'lmas xato ekanini va bu urush qonunlarni toptash bilan barobar ekanini aytib o'tdi.
Afg'onistonning shimolidagi Qunduz shahrida faoliyat ko'rsatayotgan kasalxonada Xalqaro Doktorlar Jamiyatining vakillari ham bo'lgan.
Ushbu kasalxonaga AQSh jangovar samolyotlari harbiy amaliyot uyushtirgan va hujum natijasida 19 nafar inson qurbon bo'lgan, 38 nafar inson yaralangan.
Dushanga kuni Talibon kuchlari tomonidan qo'lgan olingan Qunduz shahrining markazi, payshanba kuni uyushtirilgan harbiy amaliyot bilan yana qaytadan Afg'oniston armiyasining qo'liga o'tdi.
To'qnashuvlar bo'layotgan shaharda, hali ham osoyishtalik barpo etilmadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar