Rus askarlar Suriyada harbiy operatsiyalarga qatnashadi

Kreml:"Suriya Prezidenti Beshar Asadning talabi bilan Rossiya va Suriya hamkorlikda terror tashkiloti DAIShga qarshi havodan harbiy operatsiya o’tkazadi"

348148
Rus askarlar Suriyada harbiy operatsiyalarga qatnashadi

Rossiya Parlamentining yuqori palatasi federatsiya kengashi Prezident Vladimir Putinning boshqa davlatlarning rus askarlaridan foydalanishiga doir taklifini tasdiqladi.
Kreml idorasi rahbari Sergey Ivanovning aytishicha, Suriya Prezidenti Beshar Asadning talabi bilan Rossiya va Suriya hamkorlikda terror tashkiloti DAIShga qarshi havodan harbiy operatsiya o’tkazadi.
Operatsiyadan maqsad, DAIShga qarshi Suriyaga havodan yordam ko’rsatish ekanini tilga olgan Ivanov, Rossiya Qurolli Kuchlarining harbiy operatsiyalarda qanday qurollardan foydalanishi haqida ma’lumot bermadi.
Mazkur qaror faqatgina havodan harbiy operatsiyalarni o’z ichiga olganini bildirgan Ivanov, rus askarlari quruqlikdan jangga kirmasligini ma’lum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Iroqning poytaxti Bog’dodda yaqinda tuzilgan markaz koalitsiya kuchlari bilan Rossiyaning havo harbiy operatsiyasining tashkiliy ishlari bilan shug’ullanadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar