Rossiya, Suriyada havo operatsiyasi o’tkazdi

Rossiya, Suriyada, birinchi marotaba havo operatsiyasi o’tkazdi.

348277
Rossiya, Suriyada havo operatsiyasi o’tkazdi

Mudofaa vazirligi, Humus shahrida, terror tashkiloti DEAShga qaratilgan ikki havo bosqini haqida Amerika Qo’shma Shtatiga ma’lumot berilganligini aytdi.

Amerika tomonidan esa, operatsiya faqatgina DEAShning emas, boshqa nishonlarga ham bosqin qilinganligi haqida ma’lumot keldi.

Havo operatsiyasi, qurolli kuchlarni mamlakat tashqarisida vazifalantirish haqidagi so’rovnoma Rus parlamentining yuqori palatasi tomonidan bir ovozdan qo’llab-quvvatlanganidan bir necha soat keyin amalga oshdi.

Kreml ma'muriyati rahbari Sergey Ivanov, Rus qurolli kuchlarining bundan keyin Suriyada uyushtiriladigan havo operatsiyasida vazifa olishini, talabning, Suriya lideri Bashar al-Asaddan kelganligini aytdi.

Prezident Vladimir Putin, Parlament tasdiqi ortidan bergan izohatida;

-"Suriyada terror nishonlariga chora ko’uvchi hujumlar uyushtiramiz” degan edi.

Putin, Asad’ga qaratilgan yordamning faqatgina havo operatsiyalari bilan cheklanajagini, Suriyaga quruqlikdagi qo’shinlar yubormasliklarini ham takrorladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar