Eron Rossiya bilan birga...

Eron Suriya mavzusida Rossiya bilan faoliyatda bo'ladi.

350609
Eron Rossiya bilan birga...

Eron Suriya mavzusida Rossiya bilan birga harakat qiladi.

Eron tashqi ishlar vazir o'rinbosari Huseyin Amir Abdullahiyan, o'lkasining, Suriya tarangligini bartaraf qilish mavzusida Rossiya bilan birga tayyorlagan taklifnomani yaqinda hayotga tatbiq etilishini izohladi.

Abdullahiyan, Eron rasmiy telekanalida berga bayonotida; "Ushbu taklif o'tgan oy tashqi ishlar vaziri Muhammed Jevad Zarifning Suriya ziyoratida Beshar Esadga taqdim etildi. Esad, Eronning ijobiy kirishuvidan mamnun bo'lib ayrim hissalar qo'shdi" deb ifoda etildi.

Suriya tashqi ishlar vazirligidan vakillari bilan tayyorlangan taklifnomaning asosiy mavzularida kelishgani, tafsulotlari bilan muhokama qilishlarini ifoda etgan Abdullahiyan; "Xalqni markazga olish, Suriyada bo'shliq bo'lmasligi uchun g'ayrat qilishi terrorga qarshi kurash, qochqinlarga yordam berish va ularning e'htiyojlariga javob berish, Eron Islom Jumhuriyatining Suriya tarangliga yechim topish yo'llarini aytish mumkin" deb bildirdi.

BMTning Suriya maxsus vakiliga mavzuga doir fikirlarini bildirgan Abdullahiyan, Eron va Turkiyaning say-harakatlari bilan Zebedanida bo'lgani kabi boshqa joylarda ham sulh o'rnatish haqida bir savolga; "Suriyada ham keng ko'lamli tinchlik o'rnatish uchun daslab mintaqaviy sulh tuzish kerak" dedi.

Eron tashqi ishlar vazir o'rinbosari Abdullahiyan, Rossiyaning Iroq va Suriyada "Terroristlar"ga qarhsi kurash olib borishini ijobiy harakar sifatida baholaganliklarini takidladi. 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar