Noqonuniy muhojirlarning umidi yana puchga chiqdi

Ularning safari yana fojia ila yakunlandi.

372048
Noqonuniy muhojirlarning umidi yana puchga chiqdi

Liviyaning Zuvara shahri qirg’og’idan uzoq dengizda, noqonuniy muhojirlarni tashigan bir kema cho’kib ketdi. Dastlabki aniqlashlarga ko’ra 7 kishi halok bo’ldi.

Jasadlar Tripoli sharqidagi Humus plyajidan topilar ekan, kemadagi qolgan yo’lovchilarni qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Huddi ana shu mintaqada, payshanba kuni, qariyb 500 yo’lovchini o’z ichiga olgan kema ham cho’kib ketgan edi.

Kemadagi yo’lovchilardan 198 nafari qutqarilar ekan, 126 nafarining jasadi topildi. Qolgan 60 nafar yo’lovchini esa qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Liviya, Afrikadan kelib Italiyaning Lampedusa oroli orqali Yevropaga ketmoqchi bo’lgan noqonuniy muhojirlar uchun eng muhim trassa hisoblanadi.

O’rta yer dengizida faqatgina bu yil mobaynida 2500 kishi eski-tuski kemalarda cho’kib, jon berdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar