Yevropaga, noqonuniy muhojirlar to'lib ketdi

Noqonuniy muhojirlar Gretsiyadan Makedoniyaga, Makedoniyadan Serbiyaga, Serbiyadan esa Mojaristonga qarab yo'l olmoqdalar.

339899
Yevropaga, noqonuniy muhojirlar to'lib ketdi

O’z yurtlarini tark etgan minglab Suriya, Afg’oniston va Iroq fuqarolari Yevropa tuproqlariga kirib bormoqda.

Shu bois Makedoniya Gretsiya chegarasini yopib qo’yar ekan odamning ko’pligidan 3 kundan so’ng takror ochishga majbur bo’ldi.

Makedoniya-Gretsiya chegarasidagi Gevdeliya shahri orqali muhojirlar poyezd va avtobuslarga o’tirib Serbiya chegarasidagi Tabanovtsega qarab yo’l olmoqdalar.

Faqatgina bir kun ichida Makedoniyadan Serbiyaga o’tganlarning soni mingdan ziyod ekanligi ifoda etilmoqda. Serbiyaga o’tganlardan esa 3 kun ichida yurtni tark etishlari talab qilinmoqda.

Mojariston Shengen davlatlaridan biri hisoblanganligi bois Serbiyadan Mojaristonga o’tganlar, Yevropa Ittifoqi davlatlari hududida bemalol yurishlari mumkin.

Noqonuniy muhojirlarning yaqin kunlarda Germaniya, Fransiya kabi davlatlarga ham yetib borish ehtimoli poytaxtlarni safarbar qildi.

Shuning uchun ham Fransiya Prezidenti Francois Holland yaqin kunlarda Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel bilan uchrashib, noqonuniy muhojirlarning necha foizini qaysi davlatning qabul qilishi haqidagi masalani qo’lga oladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar