Bugun "Jahon insonparvarlik yordam kuni"…

Har yili, 18 million inson qashshoqlik tufayli jon beryapdi.

334351
Bugun "Jahon insonparvarlik yordam kuni"…

Butun jahon bo’yicha 80 milliondan ortiq inson, favqulodda yordamga muhtoj. Har yili, 18 million inson esa qashshoqlik tufayli jon beryapdi.

Urush va to’qnashuvlar, qashshoqlarga kun o’tgan sayin yangisini ilova etmoqda.

Butun jahon shifokorlar uyushmasi raisi doktor Kerem Kinik, uqubatli raqamlar va amalga oshirilishi kerak bo’lgan vazifalar haqida gapirdi.

Kinik;

-“Butun jahon aholisining qariyb 10 foizi, butun jahon mol-mulkining 70 foiziga egadir. Daromat tarqatish bo’yicha achinarli darajada tengsizlik mavjud. Aslida hammamizga yetadigan darajada mol-mulk mavjud” dedi.

Odam bolasi daromadining bir qismini muntazam ravishda yordam berish uchun ajratishi kerakligini ta’kidlagan Kinik, ishlab chiqarilgan 4 milliard tonna oziq-ovqatning 1 yarim milliard tonnasi hech iste’mol qilinmasdanoq axlatga tashlanayotganligini belgilab o’tdi.

Kerem Kinik;

-“besh yoshini ko’rolmasdan vafot etgan chaqaloq soni 7 milliondan ortdi. Bularning yarimi ochlikdan jon bermoqda. Har yili 18 million inson ocharchilik tufayli yoshgina o’lib ketmoqda” deya gapirdi.

Mutaxassislarning aytishicha yordam berish ishlari davom etsa ham adolatsizlikni paydo qilgan sabaplarni yo’q qilish kerak.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar