Pokiston-Afg’oniston chegarasida zilzila sodir bo'ldi
Amerika Geologiya tadqiqotlar markazi ma’lum qilishicha, 5.9 bal zilzila qo'shni davlatlarda ham katta vahimaga sabab bo'lgan.
400816
![Pokiston-Afg’oniston chegarasida zilzila sodir bo'ldi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/10-11/Files/UploadedImages/9572729277pakistanafganistandeprem.jpg?time=1719120181)
Pokiston-Afg’onistonchegarasida Richter o’lchoviga ko’ra, 5.9 bal zilzila sodir bo’ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, zilzilada aholining joniga va moliga ziyon yetmagan.
Amerika Geologiya tadqiqotlar markazi ma’lum qilishicha, Afg’onistonning Ashkasham shahrining 34 km janubi g’arbida ro’y bergan zilzila yer qatlamining 209 km chuqurligida yuzaga kelgan.
Mintaqada joylashgan bir qator davlatlarda ham sezilgan zilzila paytida Islomobod, Qobul va Yangi Dehlida mahalliy xalq o’rtasida katta vahimaga sabab bo’lgan.