Germaniyada hujum uyushtirildi

Hujumning Yevropa turk islom ittifoqiga, barcha etnik ozchiliklarga va xavfsizlikdan mas’ul Germaniya Federal Respublikasiga qaratilganligini ta’kidlanmoqda.

318670
Germaniyada hujum uyushtirildi

Turkiyada qonli o’yinlarini davom ettirgan terror tashkiloti PKK, Germaniyaning Kornwestheim shahrida bir jome masjidiga qaratilgan hujum uyushtirdi.

Yevropa turk islom ittifoqiga qarashli ushbu jome masjidi joylashgan mahallada uyushtirilgan hujum oqibatida hech kim halok bo’lmagan faqatgina jamiyat binosiga ziyon yetgan.

Guvohlarning aytishicha bir nafari ayol kishilardan iborat bo’lgan jami uch kishi jome masjid derazalarini sindirib, devorlarga terror tashkilotiga oid ramzlar chizishgan.

Yevropa turk islom ittifoqi Bosh direktori Ihsan O’nerning e’tibor qaratishicha siyosiylar bilan media PKK terror tashkilotiga yordam bergan.

Ihsan O’ner hujumning faqatgina Yevropa turk islom ittifoqiga emas balki barcha etnik ozchiliklarga va xavfsizlikdan mas’ul Germaniya Federal Respublikasiga qaratilganligini ta’kidladi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar