Turkiya Afg’onistondagi xudkushlik hujumini qoraladi

Kecha Afg'onistonning Logar shahrida xudkushlik hujumi uyushtirilgan edi.

318051
Turkiya Afg’onistondagi xudkushlik hujumini qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi kecha 7-avgust kuni Afg’onistonning Logar shahridagi bir politsiya markaziga uyushtirilgan xudkushlik hujumini qoraladi.

Izohatda Turkiyaning terrorga qarshi kurashida do’st va qardosh Afg’on hukumatining va xalqining yonida bo’lishni, bu mavzuda hamkorligini davom ettirishini ta’kidladi.

Afg’onistonning Logar shahrida bomba yuklangan mashina orqali uyushtirilgan xudkushlik hujumi oqibatida 3 nafar politsiya xodimi bilan 3 nafar tinch aholi halok bo’lgan. Halok bo’lganlardan tashqari 7 kishi jarohat olgan edi.

Hujumni o’z zimmasiga olgan Tolibon voizi Zabiullah Mujohid ushbu hujumda Afg'oniston maxsus kuchlariga oid markazning nishonga olinganligini tan oldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar