Fransiya bilan Rossiya o'rtasida jangovar kema tangligi...

Fransiya bilan Rossiya o'rtasida 2011 yili imzolangan shartnomaning bekor qilingani ma’lum qilindi.

317172
Fransiya bilan Rossiya o'rtasida jangovar kema tangligi...

Fransiya Rossiyaning jangovar kemalarini topshirmayotir.
Fransiya Rossiyaga topshirmagan “Mistral” modelidagi jangovar kemalar uchun Rossiyaning to’lagan mablag’ini kompensatsiya sifatida qaytarib berdi.
Elysee saroyidan berilgan yozma bayonotda, Fransiya Prezidenti Francois Hollande va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning masalani telefon orqali muhokama qilgani bildirildi.
Shuningdek, 2011 yili ikki davlat o’rtasida imzolangan shartnomaning bekor qilingani ma’lum qilindi.
Mazkur shartnoma Fransiyaning Rossiyaga 2 nafar “Mistral” jangovar kema topshirishini nazarda tutgan edi.
Shartnomaga ko’ra, birinchi kemaning 2014 yili, keyingisining esa, 2015 yili topshirilishi rejalangan edi, lekin Fransiya Ukraina tangligidagi ro’lini sabab qilib ko’rsatib, kemalarni Rossiyaga o’z vaqtida topshirmagan edi.
Belgilangan muddatda topshirilmagan kemalarga doir kompensatsiya mavzui o’rtaga tashlangan edi.
Fransiya 800 million evro mablag’ni to’lashga tayyor ekanini bildirgan edi, Rossiya hukumati esa, 1.1 milliard evro talab qilgan edi.
Fransiya hukumati Rossiyaning istagi bo’lgan mablag’ miqdoriga rozi bo’lgani tahmin qilinmoqda.
Amerika va boshqa g’arb davlatlari, Rossiyaning Fransiyaga buyurtma bergan jangovar kemalarni o’z vaqtida topshirmagani bo’yicha anchadan beri Fransiya hukumatiga tazyiq o’tkazayotgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar