BMT:"2015 yil Afg'onistonda eng qonli yil bo'ldi"

BMT Afg’onistonda Tolibonga qarshi kurash jarayonida 2015 yilning dastlabki 6 oyi mobaynida 4921 fuqaro nobud bo’lganini ma’lum qildi.

316791
BMT:"2015 yil Afg'onistonda eng qonli yil bo'ldi"

BMT Afg’onistonda Tolibonga qarshi kurash jarayonida 2015 yilning dastlabki 6 oyi mobaynida 4921 fuqaro nobud bo’lganini ma’lum qildi.
BMT hisobotiga ko’ra, 2015 yil qurbonlar sonining ko’piligi jihatidan eng qonli yil bo’lgan 2014 yilni ortda qoldirdi.
2015 yilning dastlabki yarmida, 2014 yilning dastlabki yarmiga nisbatan ayol o’limlarida 23%, bolalar o’limlarida 13%, jami tinch aholi o’rtasidagi o’limlar sonida esa, 1% ortish kuzatilgan.
Qurbonlarning aksariyati Tolibon hujumlari sababli yuzaga kelgani bildirilgan BMT hisobotida, Afg’oniston kuchlari ham tinch aholini nishonga olganiga e’tibor qaratilgan.
Tolibon bilan Afg’oniston hukumati o’rtasida o’tkaziladigan tinchlik muzokaralari tashkilot yetakchisi Mulla Umarning o’limidan so’ng qoldirildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar