Meksikada jurnalistlar namoyish o'tkazdi

Meksika Lotin Amerika davlatlari ichida jurnalistlar uchun eng xavfli davlat sifatida qabul qilinadi.

312704
Meksikada jurnalistlar namoyish o'tkazdi

Meksikada jurnalistlar hamkasblarining jinoyat qurboni bo’lganini qoraladi.
Poytaxt Meksiko Cityda jurnalist Ruben Espinosaning 4 ayol bilan birga o’ligi topilgan.
Bunday jinoyatlarni qoralagan Meksikalik jurnalistlar poytaxtda miting o’tkazdi.
Jurnalistlar Mustaqillik maydonida to’planib, hamkasbining qotillarini topish va mediaga tazyiq o’tkazishni to’xtatishni talab qildi.
Meksika Lotin Amerika davlatlari ichida jurnalistlar uchun eng xavfli davlat sifatida qabul qilinadi.
Poytaxt Meksiko Citydan boshqa shaharlarda jurnalistlarga tazyiq va zo’ravonlik juda kuchaygan.
Medianing qonunbuzarlik kabi holatlarni fosh qilishiga to’sqinlik qilinmoqda.
Media uyushgan jinoyatchi to’dalar tomonidan sotib olinmoqda yoki tazyiqlarga bo’yin egishga majbur bo’lmoqda.
Espinosaning jurnalistlar uchun eng xavfsiz shahar bo’lgan poytaxtda o’ldirib ketilgani barchani hayratga solmoqda.
Politsiya va prokuratura ushbu jinoyat ustidan tergov yuritmoqda.
Matbuot va inson huquqlari tashkilotlari esa, Espinosaning bundan oldin jurnalist bo’lib ishlagan va keyinchalik tark etishga majbur bo’lgan Veracruz shtatidagi munosabatlarini tekshirish zarurligini aytmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar