Koalitsiya kuchlaridan DAISh terror tashkilotiga og’ir zarba...

Koalitsiya kuchlari Suriya va Iroqda DAISh terror tashkilotiga qarata 30 marta ketma-ket havodan hujum qildi.

311257
Koalitsiya kuchlaridan DAISh terror tashkilotiga og’ir zarba...


Amerika boshchiligidagi koalitsiya kuchlari DAISh terror tashkilotiga og’ir zarba bermoqda.
Koalitsiya kuchlari Suriya va Iroqda DAISh terror tashkilotiga qarata 30 marta ketma-ket havodan hujum qildi.
Bayonotga ko’ra, jangovar samolyotlar bilan Suriyada 11 marta havo hujumi sodir qilingan.
Haseke yaqinlarida sodir qilingan havo hujumida DAISh terror tashkilotiga tegishli makonlar, vositalar portlatilgan.
Halap, Kobani va Deyruz-Zor atrofida sodir qilingan hujumda esa, DAISh terror tashkilotiga tegishli harbiy mashg’ulot maydonlari, vositalar va jang maydonlari nishonga olingan.
Koalitsiya kuchlari Iroqda esa, terror tashkilotiga 19 marta havodan hujum qilgan.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar