Rossiyadan BMT Xavfsizlik kengashi qaroriga veto...

Rossiya o’tgan yili Ukrainada urib tushirilgan Malayziya Havo Yo’llariga tegishli yo’lovchi samolyoti bilan bog’liq BMT Xavfsizlik kengashiga havola qilingan Xalqaro mahkama tuzilishi to’g’risidagi qarorni veto qildi.

307579
Rossiyadan BMT Xavfsizlik kengashi qaroriga veto...

Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi qaror loyihasini veto qildi.
Rossiya o’tgan yili Ukrainada urib tushirilgan Malayziya Havo Yo’llariga tegishli yo’lovchi samolyoti bilan bog’liq BMT Xavfsizlik kengashiga havola qilingan xalqaro mahkama tuzilishi to’g’risidagi qarorni veto qildi.
15 davlat a’zo bo’lgan xavfsizlik kengashida 11 a’zo davlat mahkamaning tuzilishi uchun ovoz berdi.
Angola, Xitoy va Venesuela esa, betaraf bo’ldi.
Rossiya ushbu mahkamaning betaraf ish olib bormasligi sababli qarorni veto qilganini bildirdi.
Qolaversa, tergov jarayoni media vositasida davlatlarga qarshi propoganda sifatida qo’llanilishini tahmin qilmoqda.
Angliya, Amerika va Ukraina qarorni veto qilgan Rossiyaga e’tiroz bildirdi.
2014 yilning 17 iyul kuni 298 yo’lovchi bilan Amsterdamdan Kuala Lampurga uchgan Malayziya Havo Yo’llariga tegishli yo’lovchi samolyoti Ukraina havo maydonida roketa bilan urib tushirilgan edi.
Samolyotdagi butun ekipaj va yo’lovchilar nobud bo’lgan edi.
Yo’lovchilarning 196 nafari Gollandiya fuqarosi edi.
Gollandiya Xavfsizlik tadqiqot kengashi o’tgan yili fojia haqida tayyorlagan hisobotida, samolyotning tashqaridan kuchli jism bilan urib tushirilganini, uchuvchining xatosi yo’qligini ma’lum qilgan edi.
Ukraina va g’arb davlatlar samolyotning rus isyonchilar tomonidan otilgan roketa vositasida urib tushirilganini ilgari surmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar