Amerika, Isroil qaroridan xavotirda

Isroil, Falastin tuproqlarida yangi uy-joy qurmoqchi.

308470
Amerika, Isroil qaroridan xavotirda

Amerika Qo’shma Shtatlari Isroilning Falastin tuproqlarida yangi uy-joy qurish qaroridan xavotirda ekanligini bildirdi.

AQSh Tashqi ishlar vazirligi matbuot voizi Mark Toner, o’zining yozma ravishdagi izohotida Isroilning G’arbiy Qirg’oqda va Sharqiy Quddusda yangi turar-joy qurish rejalaridan xavotirda ekanligini, u mintaqada qurilayotgan gurilish ishlariga keskin ravishda qarshi ekanliklarini aytdi.

Toner, “Isroil hukumati tomonidan e’lon qilingan va G’arbiy Qirg’oqda qariyb 300 dona, Sharqiy Quddusda esa yuzlab uy qurish mavzusiga qartilgan qaroridan jiddiy ravishda xavotirdamiz” deya gapirdi.

Isroilning yangi uy qurish rejalarining, ikki davlatli yechim rejasini qiyin ahvolga qoyganligini belgilagan Toner, “AQSh, G’arbiy Qirg’oq va Sharqiy Quddusda qurilayotgan qurilishlarning norasmiy ekanligi haqidagi fikrini davom ettirmoqda va keskin ravishda qarshi chiqmoqda. Yangi qurilishlarning ikki davlatli yechimni qiyin ahvolga tushirib, Isroilning kelishmovchilikni hal qilishga harakat qilmayotganligi shubha uyg’otmoqda. Biz, Isroil hukumatining ikki davlatli yechim mavzusini qiyin vaziyatga tushiradigan foydasiz harakatlarga qo’l urmasligini maslahat qilib qolamiz” deya qo’shimchaladi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar