Ispaniya va Fransiyada o’rmon yong’ini...

Kecha Ispaniyaning Barselona shahri yaqinlaridagi o’rmonzorda sodir bo'lgan yong'inda ming gektarlik maydon kulga aylandi.

303026
Ispaniya va Fransiyada o’rmon yong’ini...

Ispaniya va Fransiya o’rmon yong’inlariga qarshi kurashmoqda.
Kecha Ispaniyaning Barselona shahri yaqinlaridagi o’rmonzorda yong’in chiqdi.
O’rmonzordagi yong’in jazirama issiq va shamol ta’sirida tezda atrofga tarqaldi.
Yong’inda ming gektarlik maydon kulga aylandi.
O’t o’chiruvchilar yong’inni o’chirishga harakat qilar ekan, hududda yashovchi kamida 500 aholi boshqa joylarga ko’chirildi.
Ispaniyada yong’inga qarshi kurash davom etar ekan, Fransiyada ham o’rmon yong’ini sodir bo’lgani aytilmoqda.
Juma kuni Fransiyaning Bordo shahri yaqinlarida sodir bo’lgan o’rmon yong’ini 530 gektarlik maydonga tarqaldi.
Hududdan tahminan 600 kishi boshqa joylarga ko’chirildi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar