Bahraynda bomba hujumi uyushtirildi

Ushbu hujum Shia mazhabi aholisi yashagan mahallada, politsiya xodimlariga qaratilgan.

305538
Bahraynda bomba hujumi uyushtirildi

Bahraynda Shia mazhabi aholisi yashagan mahallada politsiya xodimlariga qaratilgan bomba hujumi uyushtirildi.

Hujumda 2 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi. Bir nafari o’g’ir bo’lish bilan birga jami 6 politsiya xodimi jarohat oldi.

Bahrayn Ichki ishlar vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha portlash, Sitra orolida, Shialar yashagan mahallada uyushtirilgan.

Politsiya bo’limidagi politsiya xodimlarini nishonga olgan portlash ortidan orolga olib boruvchi yo’llar yopib qoyildi, keng ko’lamli amaliyotlar boshlatildi.

Bahraynda Shia aholisi yashagan mintaqalarda tez-tez to’qnashuvlar yuz bermoqda. Undan tashqari tez-tez politsiya xodimlariga qaratilgan hujumlar uyushtirilmoqda.

Aholisining ko’pchiligi Shia mashabidan iborat bo’lgan Bahraynda, 4 yil avval chiqgan voqealarda 89 nafar kishi halok bo’lgan bo’lib, voqealar Saudiya Arabiston tomonidan askar yuborilishlik ila bostirilgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar