Erdo’g’an Obama bilan telefon orqali  uchrashdi...

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an Amerika Qo’shma shtatlari prezidenti Barack obama bilan amalga oshirgan telefon uchrashuviga tegishli bir izohot esa Oq uydan keldi.

346881
Erdo’g’an Obama bilan telefon orqali  uchrashdi...

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an Amerika Qo’shma shtatlari prezidenti Barack obama bilan amalga oshirgan telefon uchrashuviga tegishli bir izohot esa Oq uydan keldi.
Qilingan izohda, Obama ham Suruch hamda Jeylanpinardagi hujumlarni qoralaganini bildirib, Davlat kotibligi Jeylanpinardagi voqeani “ bezovta qiluvchi” deb bildirdi.
Oq uydan qilingan izohda, Obama va Erdo’g’an ikki o’lka o’rtasida DEAShga qarshi kurashda davom etgan hamkorlikni mustahkamlashtirish bilan bir qatorda, Iroqqa xavfsizlik va barqarorlik olib kelish va Suriyadagi to’qnashuvlarga yechim topish jihatidan mushtarak sa’y- harakatlar ko’rib chiqildi.
Oq uy tomonidan qilingan izohda, ikki Prezident AQSh va Turkiya terrorga qarshi kurashda hamkorlikda ekanlarini ta’kidladilar.
Obama va Erdo’g’an” xorijiy jangchilarning o’tishini to’xtatish va Turkiya Suriya chegarasida xavfsizlikni ta’min etish mavzusida hamkorlikni mustahkamlashtirish sa’y- harakatlarni ” ko’rib chiqdilar.
Qilingan izohda, ikki rahbar bundan boshqa mintaqaviy mavzularda ham hamkorlikni davom ettirishda qarorli ekanlarini bildirdi.
Obama, uchrashuvda ham Suruch hamda Jeylanpinardagi chegara qurbonlarining oilalariga AQSh xalqi tomonidan o’z ta’ziyalarini bildirdi.
Boshqa tomondan, AQSh davlat kotibligi ham Jeylanpinarda ikki nafar politsiyachining shahid qilinishi bilan “ juda ham bezovta qiluvchi” deb bildirdi.
Tashqi ishlar vazirligi voizi John Kirby, “ Turkiya DEASh bilan kurashda jasur bir ittifoqdosh bir o’lka” deb aytdi.
Turkiya bilan har doim hamkorlikni mustahkamlashtirish yo’llarini izlaganlari aytgan Kirby, DEASh sabab bo’lgan tahdid esa juda qayg’u beruvchi deb bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar