Yunoniston va Isroil o'rtasida harbiy hamkorlik shartnomasi...

Yunoniston Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, mazkur shartnoma Yunoniston Mudofaa vaziri Panos Kammenosning Isroilga tashrifi chog’ida imzolangan.

346533
Yunoniston va Isroil o'rtasida harbiy hamkorlik shartnomasi...

Yunoniston bilan Isroil harbiy hamkorlik bo’yicha shartnoma imzoladi.
Ikki davlat o’rtasida imzolangan shartnomaga ko’ra, harbiy tadbiqotlar va hamkorlik faoliyatlari mobaynida harbiy xodimlar o’sha mamlakatda istiqomat qilishi mumkin.
Yunoniston Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, mazkur shartnoma Yunoniston Mudofaa vaziri Panos Kammenosning Isroilga tashrifi chog’ida imzolangan.
Yunoniston Mudofaa vazirligining bayonotida, Kammenos bilan Isroil Mudofaa vaziri Moshe Yalon o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv tafsilotlariga ham o’rin berildi.
Ikki davlat mudofaa vaziri dengiz xavfsizligi, O’rta Yer dengizidagi energiya manbalarining xavfsizligi va mudofaa sanoatida hamkorlik bilan bog’liq masalalarni muhokama qildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar