Festivalda 27 kishi halok bo’ldi

Hindistonda an’anaviy Hindu festivali nishonlandi.

380545
Festivalda 27 kishi halok bo’ldi

Hindistonda an’anaviy Hindu festivali nishonlanar ekan 27 kishi halok bo’ldi.

Hindistonning Rajahmundry shahrining kun chiqish tomonida, Godavari daryosida cho’milishga harakat qilgan haj safariga boruvchi yo’lovchilar to’palongga yo’l ochdi.

Daryoda cho’milganlar bilan cho’milib chiqayotganlar ortasidagi tartibsizlik fojia bilan yakunlandi.

Topolonda halok bo’lganlardan tashqari 40 kishi jarohat oldi.

Hindistonda 12 kun davom etgan festival chog’ida muqaddas daryolarda cho’milish, “badanni va ruhni tozalaydi” degan ishonch mavjud.

Bu yil osmonda ro’y bergan va 144 yilda bir marotabagina takrorlangan yulduzlarning tizilishi, festivalning ahamiyatini yana-da chuqurlashtirdi.

Hindistonda bundan ikki yil avval o’tkazilgan festivalda 115 kishi to’palonda ezilib halok bo’lgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar