Sobiq tashqi ishlar vaziri Faysal dunyodan ko’z yumdi.

Saudiya Arabistonda 40 yil Tashqi ishlar vaziri sifatida vazifa olib borgan shoh zada Suud bin Faysal bin Abdulaziz Al Suuda 75 yoshda dunyodan ko’z yumdi.

378123

1975- yilida vazifaga boshlagan va “ Dunyoning eng uzoq muddat vazifa olib borgan tashqi ishlar vaziri” unvoniga ega Faysal kasalligi tufayli 1 mayda vazifasini Adil bin Ahmad al Jubayrga topshirgan edi.
Suud Faysal, vazifasini topshirgandan keyin 2 yorim oy so’ngra hayotdan ko’z yumdi.
Vazifa muddati davomida to’rt farqli Suud Qiroli bilan ishlagan Faysal, AQShning mintaqadagi muhim bir siyosiy va iqtisodiy ittifoqdoshi bo’lgan Suudiya Arabistonning tashqi ishlar vaziri sifati bilan, diplomatk muhitlar tomonidan hurmat qilingan bir shaxs edi.
Suud Faysal, oxirgi yillarda kasalligi jiddiy bo’lishiga qaramasdan, Arab Bahoridan keyin tashkil topgan yangi muvozanatlar doirasida vazifasini olib bordi.
Buning bilan birgalikda, Prezident Rajab Tayyib Erdog’an, Saudiya Arabiston sobiq Tashqi ishlar vaziri Faysalning vafoti tufayli Qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Suudga qo’ng’iroq qilib o’z ta’ziyalarini bildirdi.

Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar