Nyu Yorkda Xitoy siyosatiga qarshi namoyish…

Xitoy hukumatining Sinjan Uyg’ur avtonom mintaqasidagi musulmonlarga nisbatan zulm ko’rsatgani Amerikaning Nyu York shahrida qoralandi.

335463
Nyu Yorkda Xitoy siyosatiga qarshi namoyish…

Nyu Yorkda Xitoy siyosatiga qarshi namoyish o'tkazildi.
Xitoy hukumatining Sinjan Uyg’ur avtonom mintaqasidagi musulmonlarga nisbatan zulm ko’rsatgani Amerikaning Nyu York shahrida qoralandi.
Yosh turklar jamiyati boshchiligida Xitoyning Nyu Yorkdagi BMT doimiy vakolatxonasi oldida to’plangan namoyishchilar butun dunyoni uyg’urlarga e’tibor ko’rsatishga chaqirib, bino oldiga qora gulchambar qo’ydilar.
Namoyish bir qator nodavlat tashkilotlar tomonidan qo’llab quvvatlandi.
Namoyishchilar matbuot organlarini mavzuga yetarlicha e’tibor ko’rsatmaganlikda aybladi.
Namoyishchilar BMT tomonidan Sharqiy Turkistonga hay’at jo’natishini, bu hay’at uyg’urlar yashagan hududda bir oy tekshiruv o’tkazib, hisobot tayyorlashini va hisobotini dunyo jamoatchiligi e’tiboriga havola qilinishini talab qildi.
Qolaversa, Sinjan Uyg’ur avtonom mintaqasidagi uyg’urlarga matbuot erkinligini ta’minlash, shifoxonalarda uyg’urcha bilgan doktorlarning xizmat berishini, din va til erkinligiga ahamiyat berilishini, assimilyatsiyaning to’xtatilishini va qiynoqlarning to’xtatilishini talab qildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar