Yunonistonda hukumat tarafdorlari namoyish o'tkazdi

Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chipras xalqni tinchlantirishga harakat qilmoqda, lekin mamlakatda katta havotir hukmron.

330891
Yunonistonda hukumat tarafdorlari namoyish o'tkazdi

Yunonistonda hukumatni qo’llab quvvatlash maqsadida namoyish o’tkazildi.
Bonkrot bo’lish arafasida turgan Yunonistonda referendumga sanoqli kunlar qoldi.
Hukumatning muzokaralardagi siyosatini qo’llab quvvatlagan tahminan 5 ming aholi poytaxt Afinada parlament binosi oldida namoyish o’tkazdi.
Qarz bergan davlatlar referendumda ovoz berish uchun yunonlarga tazyiq o’tkazganini ilgari surgan namoyishchilar, xalqni ogohlikka chaqirdi.
Namoyishlarda qarz bergan kreditor davlatlar mamlakat kelajagini garovga olishga harakat qilgani ilgari surildi.
Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chipras xalqni tinchlantirishga urinsa ham, mamlakatda katta havotir hukmron.
Yunonistonda banklar bir haftadan xizmat bermayotir, banklardagi shahsiy hisobidan kunda faqatgina 60 evro pul olish imkoniyatiga ega bo’lgan aholi ushbu vaziyatdan nolimoqda.
Yunonlar yakshanba kuni takror naqd pulning ta’minlanishi evaziga qarz bergan davlatlar tomonidan ilgari surilgan shartlarni qabul qilish yoki qilmaslik uchun referendumda ovoz beradi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar