"Turkiyaning qayg'ularini tushunamiz"

John Kirby, Suriyadagi guruhlar bilan aloqali "Bu mavzuda Turkiya bilan hamkorlikka davom etamiz" dedi.

330271
"Turkiyaning qayg'ularini tushunamiz"

"Turkiyaning qayg'ularini tushunamiz"

AQSH tashqi ishlar vazirlik voizi John Kirby, Turkiyaning Suriyadagi guruhlar bilan aloqali xavfsizlik borasidagi qayg'ularini tushunganliklarini bildirib, "Bu mavzuda Turkiya bilan hamkorlikka davom etamiz" dedi.

Kirby, kundalik matbuot anjumanida, Suriyaning shimolidagi terror tashkiloti DEASHning borligiga diqqat qaratib, Turkiya va boshqa koalitsiya sheriklari bilan DEAShga qarshi kurash mavzusini muhokama qilishga davom etganliklarini bildirdi.

DEASHga qarshi kurashni ko'pincha koalitsiya sheriklarining dastaklaganini va hissa qo'shishi kerakligini ifoda etgan John Kibry, bu masalaning nafaqat Turkiyaning, xalqaro jamoatchilikning masalasi bo'lganini bildirdi.

Turk hukumatining o'lkalarida urushdan qochgan tahminan 2 million Suriyali va Iroqliga mezbonlik qilishidan, ularning e'htijoylariga javob berishdan mamnun bo'lganliklarini ifoda etgan Kirby, bu mavzuda Turkiyaning ko'p g'ayrat qilganini izohladi.

Kirby, "Turkiyaning, Suriyaning shimolidagi DEASHga qarata qayg'ularini tushunamiz. Muhim bir ittifoqdoshimiz bo'lgan Turkiya bilan bu sohada faoliyat olib borishga davom etamiz" deb so'zladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar