Indoneziyadagi halokat oqibatida halok bo'lganlar soni ortdi
Ekipaj va yo'lovchilardan tashqari uchoq qulagan joyda ham 19 kishi halok bo'lgan.
327945
Indoneziyaning eng yirik uch shaharlaridan biri hisoblangan Medanda kecha harbiy uchoq halokati yuz berar ekan ushbu halokat oqibatida halok bo’lganlar soni 141 nafarga yetdi.
Chunki uchoqda halok bo’lgan 12 nafari ekipajlardan iborat bo'lgan jami 122 nafar yo’lovchidan tashqari, halokat yuz bergan joyda ham, 19 kishi halok bo’lgan.
Harbiy uchoq, parvoz qilganidan bir necha daqiqa o’tgach motorning portlab ketishi natijasida yonib, yerga qulagan edi.
Voqea yuz bergan joydagi bino va mashinalarga katta ziyon yetgan.