Klinton qamoqxonasidan qochgan mahbuslar qo’lga tushdi

Mahbuslarning ikkalasi ham odam oldirganlikda ayblanib, qamoq jazosiga tortilgan edi.

325027
Klinton qamoqxonasidan qochgan mahbuslar qo’lga tushdi

AQShning Nyu-York shtatidagi Klinton okrugidagi qamoqxonadan qochib ketgan ikki nafar mahbusni qo’lga tushirish ishi va nihoyat yakunlandi. 6-iyun kuni qochib ketgan mahbuslardan biri o’lik holatda, ikkinchisi esa 23 kundan so’ng yarador olaroq qo’lga tushirildi.

O’lik holatda qo’lga tushirilgan mahbus 49 yoshida bo’lib ismi Richard Mattning edi. U kishi 26-iyun kuni bir militisya tomonidan o’q uzib, o’ldirilgan.

Yarador olaroq qo’lga tushirilgan mahbus esa 35 yoshida bo’lib uning ismi esa David Sweat edi.

21 yildan beri Xavfsizlik xizmati xodimi olaroq ishlayotgan Komissar o’rinbosari Jay Cook tomonidan ikki marta o’q yegan Sweat, Albany kasalxonasiga yotkizildi. Uning ahvoli o’g’ir.

Nyu-York hokimi Andrew Cuomo bu haqida matbuot anjumani uyushtirar ekan “va nihoyat dahshatli kunlar o’z nihoyasiga yetdi” dedi.

Yarador olaroq qo’lga tushirilgan Sweat 2002-yili odam o’ldirganlikda ayblanib, bir umrga qamoq jazosiga tortilgan edi. O’lik holatda qo’lga tushirilgan Matt esa 1997-yili bir kishini olib qochib, ortidan uni kaltaklab o’ldirgan. Shu bois 25 yilga qamoq jazosiga tortilgan edi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar