Turk guruhi Isroildan qaytarildi...

Isroil 2 nafari jurnalist jami 7 kishi Turkiyaga qaytdi.

320467
Turk guruhi Isroildan qaytarildi...

Turk guruh Isroilda qabul qilinmadi..

Sadakatashi Tashkiloti bilan Quddusga borgan va aeraportda olinib so'roqqa tutilgangan keyin o'lkaga kiritilmagan 2 nafari jurnalist jami 7 kishi Turkiyaga qaytdi.

Ayni guruhda bo'lgan TRT muhbiri Huseyin Gunay va kamerachi O'zden Ayvazning esa Isroilga kirishiga ruxsat berildi.

Jurnalist Halime Ko'kche, Ulke TV bosh muharriri Hasan O'zturk, Memur-Sen bosh rahabri Levent Uslu, Sadakatashi tashkiloti rahbari Kemal O'zdal, tashkilot vakillaridan Durdane O'zdal, Fatih Boljan va Sumeyra Boljan, Turk Havo Yo'llarining maxsu reysi bilan Istanbulga qaytdi.

Sadakatashi Tashkiloti rahabri Kemal O'zdal, joriy yil 4-ni uyushtirishni istagan Masjid al-Aqsada iftor dasturi uchun Isroildan Falastinga borish umidida bo'lganliklarini, lekin Isroilda nazoratga olinganliklarini, telefonlarini olib so'roqqa tutilganini izohladi.

O'zdal, bir sabab bildirmasdan 7 kishining deport qilinganini va bu guruhning 10 yil bo'ycha Falastin-Quddusga borishi man qilinganini bildirdi.

Kemal O'zdal, "Boshda Prezidetimiz, bosh vazirimiz va tashqi ishlar vazirligidan vakillar biz bilan aloqada bo'ldilar, yana ham salbiy hodisalarning maydonga kelishining oldini oldilar" dedi.

Ulku TV bosh muharriri Hasan O'zturk ham, "2 oy burun meni qabul qilgan o'lka bu marotiba qabul qilmagani nima sababdan bo'lgani ham nomalum. Jurnalist bo'lganimiz bilinamiz, nima yozganimiz ham bilinadi. Lekin meni o'lkaga kirishimni rad etmoqda. Isroil kayfiyatiga ko'ra harakat qilgan bir davlat. Antidemokratik bir o'lka" deb so'zladi.

Memur-Sen bosh rahbari o'rinbosari Levent Uslu ham, Isroil aeraportida o'zlariga "Turkiyadagi saylovlarda qaysi siyosiy partiya mansubisizlar" kabi savollar berilgani ifoda etdi.

Jurnalist Halim Ko'kche ham, Al Aqsani, El Fatihni, El Halilni, Ramallah va G'arbiy Sohilni ziyorat qilishdan umidvor ekanligini, lekin buning o'rniga Isroilning haqqiy yuzini ko'rganliklarini bildirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar