Seuldagi xalqaro sayyohlik ko'rgazmaga O'zbekiston ishtirok etdi

Seuldagi xalqaro sayyohlik ko'rgazmasiga O'zbekiston ishtirok etdi

315377
Seuldagi xalqaro sayyohlik ko'rgazmaga O'zbekiston ishtirok etdi

Seuldagi xalqaro sayyohlik ko'rgazmasida O'zbekiston vakillari ishtirok etdi.
Janubiy Koreyaning poytaxti Seul shahrida "Korea World Travel Fair" 30-xalqaro sayyoxlik ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.
"O'zbekturizm" milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, O'zbekiston vakillari mazkur ko'rgazmada ishtirok etdi.
Dunyoning 60 ta davlatidan 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan ko'rgazmada O'zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi va "O'zbekturizm" hamkorligida ekspozitsiyalar tashkil qilindi.
Tashkil etilgan stendda O'zbekistonning an'anaviy uslubda bezatilgan ipak matolar, me'moriy yodgorliklar va xalq hunarmandchiligi bilan bezatilgan rangli suratlar namoyish etildi.
Tadbirda shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent kabi dunyoga mashhur shaharlarining unutilmas va betakror manzaralari videorolik orqali namoyish etildi.
O'zbekistonning rangli tasvirlarga boy stendi ko'rgazmaning rasmiy kundalik axborotnomasi sahifalarida chop etildi.
Shuningdek, mazkur tadbir davomida "O'zbekturizm" Milliy Kompaniyasi va "Buyuk İpak Yo'li" agentligi hamkorligida "O'zbekistonga tashrif buyurish uchun o'nta sabab" nomi ostida O'zbekistonning diqqatga sazovor sayyohlik inshootlarining rangli tasviri tushirilgan bukletlar tayyorlandi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar