Filippindagi qurol tashlash jarayonini turk elchi kuzatib boradi

Filippin hukumati rasmiylari bilan Moro islomiy ozodlik fronti rahbari 2014-yilning 27-marti kuni tinchlik sulhini imzolagan edi.

302480
Filippindagi qurol tashlash jarayonini turk elchi kuzatib boradi

Filippinda qariyb 40 yildan beri davom etib kelayotgan va 120 mingdan ortiq inson hayotiga zomin bo’lgan Moro islomiy ozodlik fronti urushga chek qo’yishga tayyorlanmoqdalar.

Filippin hukumati hamda musulmon isyonchilar guruhi tomonidan berilgan izohatga ko’ra qurol tashlash jarayoni 16-iyun kuni boshlaydi.

Hukumatning bosh muzokarachisi Miriam Coronel-Ferrer, ilk bo’sqichda, Moro islomiy ozodlik frontining Bangsamoro ozodligi uchun kurashgan Islom jangchilaridan 145 kishi ba’zi qurollarini topshirishi e’lon qilindi.

Ushbu maqsad bilan uyushtiriladigan marosimda Davlat rahbari Benigno Aquino bilan deputatlarining ham ishtirok etajagi haqida ma’lumot bergan Coronel-Ferrer;

“Bu, urushga chek qo’yish jarayonining faqatgina boshlang’ichidir. Moro islomiy ozodlik fronti tinchlikni o’rnatish mavzusida qanchali jiddiy ekanligini ko’rsatmoqchi” deya gapirdi.

Qurol tashlash jarayonini turk elchi Haydar Berk boshchiligidagi mustaqil hay’at kuzatib boradilar.

Filippin hukumati rasmiylari bilan Moro islomiy ozodlik fronti rahbari 2014-yilning 27-marti kuni tinchlik sulhini imzolagan edi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar