Hindistonda, harbiy amaliyot o'tkazildi

Amaliyotdan Myanma rasmiylari habardor edi.

301243
Hindistonda, harbiy amaliyot o'tkazildi

Hindistonlik xavfsizlik kuchlarining, Myanma chegarasidagi isyonchilarga qaratilgan harbiy amaliyotida 100 nafar jangovar o’ldirildi.

Hindistonning Time gazetasi tarqatgan ma’lumotga ko’ra; Myanma chegarasining 4 kilometr ichida amalga oshirilgan amaliyot 45 daqiqa davom etdi.
Amaliyotdan Myanma rasmiylari habardor edi.

Hindistonning shimoli-sharqida, hukumatning tabiiy zahiradan foydalangan holda mahalliy muammolarni hal qilishga harakat qilmaganligini iddio etgan bo’lginchi guruhlar faoliyat ko’rsatmoqda.

Hindiston xavfsizlik kuchlari, isyonchilarning o’tgan hafta Manipur shtatida kuzatib boruvchi soqchilar otryadiga hujum uyushtirib 18 nafar harbiyni o’ldirishi ortidan harbiy amaliyotlarni boshlatgan edi.

Myanma 2010-yildan beri Hindiston qurolli kuchlarining isyonchilarga, o’z tuproqlarida, qarshi chiqishlariga ruxsat berib kelmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar