Bolgariyalik turklar, davlat mukofati bilan taqdirlandi

Bu mukofatlar, marosim ishtirokchilariga 45 yil davom etgan kommunizm diktatorligining dahshatlarini yana bir bor qayg’uli ravishda eslatdi.

299249
Bolgariyalik turklar, davlat mukofati bilan taqdirlandi

Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rosen Plevneliyev mamlakatda, 1989-yili yiqilgan kommunizm rejimiga qarshi kurashning liderligini yuritgan va turk millatiga mansub 3 nafar fuqarosini davlat mukofati bilan taqdirladi.

Prezidentlik ko’shkida uyushtirilgan marosimda, hukumatning taklifiga binoan Mustafa O’mer, Yusuf Babeko’g’li va Ali O’rmanliga taqdim etilgan mukofatlar, ishtirokchilarga 45 yil davom etgan kommunizm diktatorligining dahshatlarini yana bir bor qayg’uli ravishda eslatdi.

Prezident Plevneliyev, diktatorlikning 10-noyabr 1989-yildagi cho’kishining, 26 yil oldin turk va musulmon aholisining qarshiligi bilan boshlaganligini ifodaladi.

Plevneliyev, sobiq rejim majburiy holda nomlarini o’zgartirishga, dinlarini ma’n qilishga harakat qilgan chog’ida Mustaqil ravishda inson huquqlarini himoya qilish jamiyati bilan Inson huquqlari bo'yicha demokratik ligasi kabi turklar tomonidan asos solingan tashkilotlarning dovyurakcha kurashganliklarini ta’kidladi.

Hech qaysi totalitar rejimning xalqning ruh va irodasidan yana da kuchli emasligini belgilagan Plevneliyev;

“Demokratiyani mana shu kishilarning kurashi natijasida qo’lga kiritdik. May oyidagi voqealarda ishtirok etgan 30 ming kishilik kurash, mamlakatimizga demokratiyaning kelishini ta’minladi” dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar