Pan Ki-mun, Xavfsizlik kengashiga hisobat berdi

Hisobatda, bolalar huquqini paymol qilganlar orasiga, Isroil, kiritilgani yo’q

298540
Pan Ki-mun, Xavfsizlik kengashiga hisobat berdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Ki-mun 2014-yildagi to’qnashuvlarda bolalar huquqining paymol qilinishi, o’ldirilishi, nogiron qilib qoyilishi haqidagi hisobatini Xavfsizlik kengashiga taqdim etdi.

Hisobatda o’rin olgan ro’yhatga, o’tgan yili G’azoga qaratilgan havo hujumi natijasida 500 dan ziyod bolaning vafotiga sabab bo’lgan Isroil kiritilgani yo’q.

Diplomatik manbalar, Bosh kotib Pan Ki-munning bu munosabatiga ishonolmadilar.

Hisobatda, shunga qaramay Isroil, G’azodagi hujumlari tufayli keskin tanqid qilinar ekan, G’azo amaliyotining bolalarga ko’rsatgan ta’siri Isroilning xalqaro huquqdan kelib chiqgan mu’suliyatlari jihatidan jiddiy shaklda xijolat qilganligi belgilandi.

G’azo amaliyoti chog’ida 540 nafar yosh bola bilan birga 2 ming 100 dan ziyod Falastin aholisi halok bo’lgan edi.

Hisobatga ko’ra 2014-yili, bolalariga eng ko’p ziyon yetgan davlatlar Afg’oniston, Iroq, Falastin, Suriya va Darfur ekanligi ma’lum bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar