Suriyadan tahminan ming aholi Turkiyaga qochib o'tdi

Turkiya-Suriya chegarasida xizmat o'tagan turk posbonlari qochqinlarga mehr-shafqat ko’rsatib, chegaradan o’tishini ta’minladi.

294510
Suriyadan tahminan ming aholi Turkiyaga qochib o'tdi

Suriyadagi urush, qaxatchilik, DAISh terror tashkilotining tinch aholiga nisbatan hujum qilishi va xalqaro koalitsiya kuchlarining bombardimoni natijasida xalq qo’shni davlatlarga qochib o’tishga urinmoqda.
To’qnashuvlarning Turkiya chegarasida avj olishi bilan Suriya aholisining Turkiyaga qochish holatlarida ortish kuzatildi.
Bundan asosan bolalar, ayollar va keksalar zarar ko’rmoqda.
Ayanchli ahvolda bo’lgan tahminan Suriyalik ming aholining Akchakale chegarasidan Turkiyaga o’tishiga ruxsat berildi.
Turkiya-Suriya chegarasida xizmat o'tagan turk posbonlari qochqinlarga mehr-shafqat ko’rsatib, chegaradan o’tishini ta’minladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar