Ganadagi portlash oqibatida halok bo’lganlar soni ortdi

Halok bo’lganlarning ko’pchiligi o’g’ir yog’ingarchilikdan qochib benzin stansiyasiga bekinganlardan iboratdir.

293500
Ganadagi portlash oqibatida halok bo’lganlar soni ortdi

Gana poytaxti Akrada, suyuq yoqilg’i stansiyasida yuz bergan portlash oqibatida halok bo’lganlarning soni 150 nafarga yetdi.

Falokat ortidan mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilindi.

Portlashning sababi, stansiyaga yaqin joyda joylashgan dam olish joyida chiqgan yong’in tufayli ekanligi ma’lum bo’ldi.

Rahbariyat, stansiyadagi benzinning o’g’ir yog’ingarchilik natijasida sodir bo’lgan sel suvlari bilan birga oqib kelib, yong’inning avj olishiga va atrofdagi binolarga tarqab ketishiga sabab bo’lganligini aytdi.

Halok bo’lganlarning ko’pchiligi o’g’ir yog’ingarchilikdan qochib benzin stansiyasiga bekinganlardan iboratdir.

Prezident John Mahama, falokat tufayli yetkan ziyonni va infratuzilma obyektlarini qurish uchun hukumat tomonidan qariyb 12 million dollarlik mablag’ ajratilganligini aytdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar