Bangladeshlik va arakanlik musulmonlar lagerga joylashtirildi

Myanmada istiqomat qiluvchi 1 million 100 ming arakanlik musulmonning Myanma fuqarosi bo’lish haqqi yo’qdir.

293688
Bangladeshlik va arakanlik musulmonlar lagerga joylashtirildi

Myanma harbiy dengiz floti tomonidan, o’tgan hafta, Myanmaning hududiy suvlaridan topib olingan noqonuniy muhojirlar Arakan shtatiga olib kelindi.

Myanma Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha Myanmaning hududiy suvlarida inson savdogarlari tomonidan tashlab ketilgan va Arakan shtatiga, Bangladesh chegarasiga yaqin joyga olib kelingan noqonuniy muhojirlarning, Bangladeshga yuborilishi uchun diplomatik chora-tadbirlar boshlatilgan.

Myanmalik rasmiylar qariyb 400 nafar bangladeshlik va arakanlik musulmonning chegaraga yaqin joyga joylashgan lagerga joylashtirilganligini aytdi.

Axborot vazirligi, Myanmadan yuborilajak noqonuniy muhojirlar sonining, Bangladeshga Myanmadan yuborilajak ro’yhatni tasdiqlaganidan so’ng aniqlanishini aytdi.

Bangladeshlik va arakanlik musulmonlardan iborat bo’lgan qariyb 4 ming nafar noqonuniy muhojir o’tgan oy mobaynida Indoneziya, Malayziya, Tailand va Myanmadan boshpana so’ragan edi.

Myanmada istiqomat qiluvchi 1 million 100 ming arakanlik musulmonning Myanma fuqarosi bo’lish haqqi yo’qdir.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar