To’ntarishchi Prezidentga yevropaliklar norozichilik bildirdi

Norozichilik namoyishi uyushtirgan yevropaliklar orasida “Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti” ham bor edi.

292373
To’ntarishchi Prezidentga yevropaliklar norozichilik bildirdi

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi rasmiy ziyorat uchun Berlinga bo’rar ekan u yerda Prezident Joachim Gauck va Bosh vazir Angela Merkel bilan uchrashdi.

Har bir uchrashuv mobaynida, binoning oldida yig’ilgan namoyishchilar as-Sisiga norozichilik bildirdi.

“O’lim jazosi ma’n etilsin” va “Harbiy to’ntarishlarga qarshimiz” deb yozilgan plakatlar bilan norozichilik bildirgan misrliklar “Sisi, bolalarning qotilidir” deb baqirdilar.

Namoyish chog’ida, Sisining fotosuratiga mo’ylov qo’yib Gitlerga o’xshatilgan plakat, militsiya xodimlari tomonidan olib qo’yildi.

Sisiga, Germaniyaning Bosh vazirlik binosi qoshida yig’ilgan “Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti” ham norozichilik bildirdi.

Berilgan izohatda kamida 10 nafar muxbirning qamoqxonada ekanligi haqida ma’lumot berildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar