FIFA Prezidenti Blatter, iste’foga chiqmoqda

Amerika Federal Tergov byurosi, Blatter haqida tergov ishi bolshlatdi.

291825
FIFA Prezidenti Blatter, iste’foga chiqmoqda

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Prezidenti Sepp Blatter, korrupsiya gumoni tufayli kelib chiqgan janjalning avj olganligi bois, iste’foga chiqishga qaror qildi.

Korrupsiya gumonlarida, 17 yildan beri o'z vazifasini davom ettirib kelayotgan Blatterning ismi to’g’ridan to’g’ri tilga olinmayotgan bo’lsa ham o’rinbosarining millionlab dollar pora olganligi iddio etilmoqda.

Hech qanday ayblovni qabul qilmagan Blatter, “Sportning kelajagi” uchun iste’foga chiqishini aytdi.

Blatter, FIFAning 4 kun oldin o'tkazilgan yalpi majlisida 5-marotaba Prezidentlikga saylanar ekan bu holat xalqaro jamiyatda norozichilik tug’dirdi.

Shuning uchun ham FIFA, Prezidentlik saylovi uchun takror yig’iladilar. Blatter, yangi Prezident saylangunga qadar o’z vazifasini davom ettiradi.

Kongressda avvalom bor Blatterning raqibi, 2-bo’sqich saylovida saylovdan uzoqlashgan Iordaniya shahzodasi Ali takror Prezidentlikga nomzod bo’lish uchun tayyorlanmoqda.

UEFA raisi Michel Platini, FIFA Prezidenti Joseph Sepp Blaterning bu muomalasini to’g’ri ekanligini aytdi.

Germaniya Futbol federatsiyasi raisi Wolfgang Niersbach, Blatterning iste’fo qarorini mamnuniyat bilan qabul qilganligini bildirdi.

Shu bilan birga Amerika Federal Tergov byurosi, Blatter haqida tergov ishi bolshlatdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar