Rossiya bilan Yevropa o'rtasida "Qora ro'yxat" mojarosi...

Italiya Tashqi ishlar vaziri Paolo Gentilonining fikricha, Rossiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar Ukrainadagi vaziyat tufayli zadalanmasligi kerak.

300858
Rossiya bilan Yevropa o'rtasida "Qora ro'yxat" mojarosi...

Rossiya g’arb davlatlarini o’z ichiga olgan qora ro’yxatni to’g’ri deb baholaydi.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropalik 89 fuqaroning mamlakatga kirishini man qilish bilan Ukrainadagi vaziyatni qo’llab quvvatlaganlarga nisbatan ogohlantiruv berilganini bildirdi.
Lavrov Moskvada Italiya Tashqi ishlar vaziri Paolo Gentiloni bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan so’ng, Lavrov ba’zi Yevropalik siyosatchi va harbiylarni mamlakatga kirishini man qilish xohishga ko’ra olingan qaror degan tanqidlarni qabul qilmadi.
Yevropa Ittifoqi ham ba’zi rus vakillarni qora ro’yxatga olganini eslatgan Lavrov, Rossiya Yevropa bilan dahanaki jangga kirmoqchi emasligini bildirdi.
Uning aytishicha, bu vaziyatni o’zgartirish Yevropa Ittifoqining munosabatiga bog’liq.
Italiya Tashqi ishlar vaziri Paolo Gentilonining fikricha, Rossiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar Ukrainadagi vaziyat tufayli zadalanmasligi kerak.
Rossiya hukumati tomonidan tuzilgan qora ro’yxatga Belgiyaning sobiq bosh vaziri Guy Verhofstadt bilan Angliyaning sobiq bosh vazir o’rinbosari Nick Clegg kabi yuqori martabali shahslar ham olingan.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar